Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Kiyev rejimi tomonidan Zaporojye AESda qo‘poruvchilik sodir etish xavfi yuqori — Peskov

Kreml matbuot kotibi Peskov qo‘poruvchilik tahdidi tufayli ZAESdagi vaziyatni keskin deb atadi.
Sputnik
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Kiyev tomonidan Zaporojye atom elektr stansiyasida qo‘poruvchilik harakatini amalga oshirish xavfi yuqori darajada baholanmoqda, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
"Vaziyat ancha tarang. Kiyev rejimi tomonidan qo‘poruvchilik qilish tahdidi haqiqatan ham katta. Diversiya o‘zining halotkali oqibatlari bilan bo‘lishi mumkin", — dedi u.
Ukraina hukumati Kaxovka GESni portlatib, hech narsadan qaytmasligini ko‘rsatdi, deb qo‘shimcha qildi Kreml vakili.
Hozirda Zaporojye AES tahdidlarining oldini olish uchun barcha choralar ko‘rilmoqda, deya xulosa qildi prezident matbuot kotibi.
Kuni kecha “Rosenergoatom” rahbari maslahatchisi Renat Karchaa Kiyev 5-iyulga o‘tar kechasi Zaporojye atom elektr stansiyasiga yuqori aniqlikdagi qurollar va kamikadze-dronlari bilan hujum uyushtirmoqchi ekanligini ma’lum qilgandi. Shuningdek, radioaktiv chiqindilar bilan to‘ldirilgan jangovar snaradlarni “Tochka-U” raketasi bilan zarba berish rejalashtirilgan.
Ertalab “Biz Rossiya bilan birga” Zaporojye jamoat harakati rahbari Vladimir Rogov stansiyada vaziyat va radiatsiya foni normal holatda ekanini ma’lum qildi.