TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Toshkentlik Zuhra Otabekova — fud-bloger, hozir u 84 yoshda.
Hammasi ayron tayyorlash retsepti videosidan boshlangan edi. Dastlab o‘z oilasi va yaqinlari uchun yozib olingan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, Zuhra buvini buvini mashhur qilib yubordi.
Aslida u kishi bu haqida orzu qilmagan edi. "Bolalarimga esdalik bo‘lsin degandim", - deydi Zuhra buvi.
Hozir buvining g‘ayrati jo‘shgan va o‘z bilimlarini obunachilari bilan har kuni bo‘lishish ishtiyoqida.