So‘nggi imkoniyat yadroviy falokatmi: Kiyevning bir hafta vaqti qoldi

Kaxovka GESni portlatgan Kiyev rejimi endi Zaporojye AESga hujum qilmoqchimi? Nega G‘arb OAVlarida AES portlashi haqida ko‘plab xabarlar tarqalmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. So‘nggi kunlarda Ukraina OAVlari va ularni qo‘llab-quvvatlovchi G‘arb “mediamashina”si Zaporojye atom elektr stansiyasiga (AES) go‘yoki Rossiya halokatli hujum amalga oshirmoqchi bo‘layotgani haqidagi vahimalarni qayta-qayta ko‘tarmoqda. Kiyev ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar stansiya hududiga portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan yuk mashinalarini olib kelgan emish, go‘yoki ularni keyinchalik portlatish va mintaqaviy miqyosdagi “ikkinchi Chernobil” fojiasi uyushtirish maqsadida.
Afsuski, bu vaziyat bir oy oldin sodir bo‘lgan voqealarning mutlaq nusxasidir. O‘shanda ham Kiyev oldin butun jahonga vahima ko‘tarib, Kaxovka suv ombori to‘g‘onini portlatib yuborgan edi. Oqibatda Dneprning quyi oqimidagi ulkan hududlarni suv bosib, Ukrainaning asosiy darosi ekotizimga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazgan edi. Voqeadan so‘ng rusofob targ‘ibotchilari Moskvani barcha gunohlarda ayblashga shoshildi, ammo tez orada Ukraina va G‘arb nashrlarida UQKning bir yil oldingi Kaxovka GES shlyuzlarga raketa va dronlar yordamida zarba berishni mamnuniyat bilan mashq qilishi aks etgan maqolalari fosh bo‘lgan va fojianing asosiy aybdori kimligi hammaga ayon bo‘lgan edi. G‘arblik kuratorlar bu ma’lumotlarning barchasini tezda tozagan bo‘lsa-da, umumiy vaziyatga ta’sir qilmadi.
Bugungi kunda hatto Ukraina Oliy qo‘mondonligi ham UQK ning keng ommaga e’lon qilingan qarshi hujumi haqiqatan ham Rossiya armiyasining mustaham mudofaasiga kelib peshonasi bilan taqalganini, shu orada son-sanoqsiz askarlar va qimmatbaho G‘arb zirhli texnikalarini yo‘qotayotganini tan oladi. Yo‘qotishlarning o‘rnini qoplash uchun to‘rtta hududda umumiy safarbarlik e’lon qilingan, aholi norozi bo‘lmasligi va G‘arb homiylari qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatmasligi uchun esa bu dahshatli jinoyatning ikkinchi qismi ko‘z o‘ngimizda shakllantirilmoqda. Uning kim tomonidan amalga oshirilayotganini tushunish qiyin emas.
Kaxovka GES portlash paytida Rossiya nazorati ostida bo‘lgan va uning yagona ishlayotgan gidroagregatiga “Rusgidro” mutaxassislari xizmat ko‘rsayotgan edi. Zaporojye AESda barcha reaktorlar sovuq o‘chirish rejimida bo‘lib, ularga muntazam texnik xizmat “Rosatom” xodimlari tomonidan ko‘rsatilmoqda. Kaxovka suv ombori Qrimga uzluksiz suv ta’minoti, Rossiyaning yangi hududlarida qishloq xo‘jaligi ishlari olib borishni ta’minlab turgan edi. Lekin uning eng muhim vazifasi — Dnepr suvi Zaporojye atom elektr stansiyasining ishlashi va AESni sovutish vazifasida muhim ahamiyatga ega edi.
To‘g‘on portlatilish va kanalning sayozlashishi frontda Ukraina qurolli kuchlariga sezilarli foyda keltirmaganidan so‘ng, "yashirin hukumat" qat’iy choralar ko‘rishga qaror qilishdi. Bundan tashqari, tasodifan, bir haftadan keyin Vilnyusda NATOning navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tadi, u yerda prezident Zelenskiy Yevropani yadroviy falokat bilan qo‘rqitib, yangi tanklar va samolyotlarni talab qilishi mumkin.

Agar Zaporojye AESda yirik halokat yuz bersa, GES portlashida bo‘lgani kabi Rossiya uchun ham sodir bo‘lgan hodisa ko‘p muammolarni keltirib chiqaradi. Ammo Ukraina radioaktiv zaharlanish holatida Rossiya qo‘shinlarini butun mintaqa hududidan zudlik bilan olib chiqib ketishini va hech bo‘lmaganda u yerga xalqaro tinchlikparvar kontingentni kiritishni talab qilishi mumkin. Albatta, UQK bo‘linmalarini kiritgani yaxshiroq, ular bir yildan ko‘proq vaqt davomida stansiya hududida qayiqlardan tushishga va qandaydir yaramas hiyla-nayranglarni uyushtirishga muvaffaqiyatsiz urinib kelishmoqda.

Agar tahdidning amaliy ehtimolini hisobga olsak, xavf haqiqatan ham mavjudligini ta’kidlash kerak.
Ukraina tomoni reaktorlarning o‘ziga zarar yetkaza olmaydi, albatta, chunki energiya bloki binosini, ya’ni “kontaynment” ni buzish uchun zarur jangovar kuchga ega emas.
Zamonaviy Rossiyada hali ham qo‘llanilayotgan atom elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha Sovet GOSTlari yo‘lovchi samolyot bino gumbaziga urilsa ham reaktorga zarar yetkaza olmasligiga kafolat beradi.
Xuddi shunday, hovuzda saqlanayotgan qayta ishlangan yadro yoqilg‘isi konteynerlari haqida ham qayg‘urishga hojat yo‘q. Zaporojye AESda ular ichki himoya qismda joylashgan va shuning uchun ham tashqi jismoniy ta’sirlardan himoyalangan.
Ammo bu barcha ehtiyot choralari tinchlik davri uchun mo‘ljallangan va shuning uchun kamchiliklar mavjud.
Kalit so‘zi bu Dnepr suvidir. VVER-1000 (Suv-suv energetik reaktori) reaktorlarida suv yopiq siklda ishlatiladi. Ammo uni vaqti-vaqti bilan almashtirish kerak va agar Ukraina, aytaylik, Sovet davrining “Tochka-U” yoki G‘arbiy "Storm Shadow" raketalaridan foydalangan holda sovutish hovuzining to‘g‘onini yo‘q qilsa, bu kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Sovuq o‘chirish reaktorida zanjir reaksiyasini va undan keyingi portlashni keltirib chiqarish mumkin emas, lekin yadroda suv yetishmasligi vujudga kelsa, harorat ko‘tarila boshlaydi. Bu yerda shuni ta’kidlash kerakki, Sovet GOSTlariga ko‘ra, atom elektr stansiyalarida kamida uchta suv manbasi bo‘lishi kerak va Zaporojye yadro olimlari rus harbiy muhandislar ko‘magida zaxirani artezian manbalari bilan ta’minlaganlar, deb umid qilamiz.
Zavodning eng zaif qismi, shubhasiz, ochiq osmon ostida joylashgan Ishlatilgan yadro yoqilg‘isini saqlash ombori bo‘lib qolmoqda. Yuk tashish konteynerlari, albatta, xavfsizlikni qanchadir darajada saqlay oladi, ammo ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri raketa hujumiga qanchalik dosh bera olishi — qo‘rqinchli savoldir.
Ishlamaydigan zavodlarga kim hujum uyushtirayotganini tushunish uchun misol tariqasida kecha UQK qo‘mondoni Valeriy Zalujniy to‘satdan Roven AESga tashrif buyurganiga e’tibor qaratamiz. Nashr qilingan videolarga ko‘ra, uni eng ko‘p qiziqtirgan narsa reaktorni himoya qilish tizimlari va zaharlanish qanchalik keng tarqalishi mumkinligini bo‘lmoqda.
G‘arbiy OAVlarning qayg‘usi va Fransiyaning “France 24” telekanali efirida ehtiyotkorlik bilan ko‘tarayotgan vahimasini, MAGATE (Atom energiya bo‘yicha xalqaro agentlik) rahbari bostirdi.
Rafael Grossining ta’kidlashicha, Zaporojye AESda doimiy kuzatuv komissiyasi portlovchi moddalar yoki portlashga tayyorgarlik ko‘rilgan bironta ham texnikani ko‘rmadi.
Ukrainadagi urush qo‘zg‘atuvchilari Kiyevni yangi Chernobilga aylantirishga undash darajadasida G‘arb aqldan ozgani yo‘q, deb umid qilamiz.