Toshkent viloyatida jahon bozoridagi eng qimmat reza meva yetishtirilmoqda

Toshkent tumanidagi issiqxonada qimmatbaho reza meva golubika o‘simligi yetishtirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Toshkent viloyatidagi 10 gektar yer maydonida jahon bozoridagi eng qimmat reza meva golubika yetishtirilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Toshkent viloyatida golubika yetishtirilmoqda
Ta’kidlanishicha, Xitoy, Gonkong, Singapur, Malayziya, Vyetnamga eksport qilish mumkin. Shu maqsadda, Toshkent tumanida “AGRO IMPEX GOLD” XK qarashli issiqxona tipida 10 gektar yer maydonda qimmatbaho reza meva golubika o‘simligi yetishtirilmoqda.
Golubika - bugungi kunda dunyo bozoridagi eng qimmat rezavor hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, mazkur rezavorni yetishtirish hajmini oshirish O‘zbekiston iqtisodiyotiga faqat foyda olib keladi.
Ma’lumot o‘rnida, 2022-yil davomida mazkur korxona umumiy qiymati 85 ming dollar miqdorida golubika eksportini amalga oshirgan.