TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Rossiyaning modernizatsiya qilingan “Msta-S” o‘ziyurar artilleriya tizimi quvvat, ishonchlilik va aniqlikning munosib namunasidir, deb ta’kidlaydi Sputnik harbiy sharxlovchisi Aleksandr Xrolenko.
Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi davomida eng samarali qurol turi Ukraina Qurolli kuchlarining harbiy texnikasi va piyoda qo‘shiniga yetkaziladigan zararning 80 foizini ta’minlaydigan artilleriya bo‘lib qolmoqda.
Eng yangi va kuchli
29 iyun kuni “Rostex” Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligiga 2023-yilga davlat mudofaa buyurtmasi doirasida yangi 152 millimetrli 2S19M1 “Msta-S” gaubitsalarining birinchi partiyasini topshirdi. Yangilangan gaubitsa avtomatlashtirilgan boshqaruv va hujum tizimi (ASUNO) bilan jihozlangan, yuqori o‘q otish tezligiga ega — bir daqiqada 8 ta o‘q (2S19M2 modifikatsiyasi — 10 tagacha o‘q), 40 km gacha bo‘lgan masofadagi nishonlarni kechayu kunduz, har qanday ob-havo sharoitida har xil turdagi snaradlar bilan urishga qodir.
Yangi “Msta-S” artilleriya tizimi “GLONASS” sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimi bilan integratsiyalashgan bo‘lib, u qiyin geografik sharoitlarda yerdagi yo‘nalishni sezilarli darajada tezlashtiradi, hujum vazifalarini tez va samarali hal qilish imkonini beradi.
Zarur bo‘lsa, hujumni masofadan — batareya boshqaruv postidan boshqarish mumkin. Hujumni sozlash “Orlan-10” dronlar ekipajlari yordamida amalga oshiriladi.
“Msta-S” gaubitsasining tuzilmasiga tezkor kuchli hujum amalga oshirish funksiyasi o‘rnatilgan bo‘lib, bu turli trayektoriyalar bo‘ylab bitta o‘ziyurar artilleriya qurolidan otilgan bir nechta snaradlar bilan nishonni bir zumda yo‘q qilishni anglatadi.
Tezkor va ko‘rinmas
Hujum jarayoni avtomatlashtirilgan bo‘lib, gaubitsa o‘t ochish chizig‘iga yetib kelganidan so‘ng 90 soniya ichida o‘t ochishni boshlashga qodir. Hujum tugfganidan so‘ng boshqa pozitsiyaga ketish uchun undan ham kam vaqt kerak bo‘ladi.
Maxfiylik ham muhim ahamiyatga ega. Sintetik materialdan tayyorlangan maxsus komponent “Qoplama” atrof-muhit haroratida, hatto otishmalardan so‘ng qizib ketgan gaubitsaning ham "ko‘rinmasligini" saqlab qolishga qodir.
Rossiya quruqlikdagi kuchlaridan eng katta o‘ziyurar artilleriya tizim — “Msta-S” — artilleriya batareyalari, tanklar, zirhli texnika, mudofaa tuzilmalari, qo‘mondonlik punktlari, aloqa markazlari, piyoda qo‘shin, dushmanning orqa obyektlarini yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan.
Gaubitsa arsenalida — parchalanuvchi, kassetali, moslashuvchan “Santimetr” va “Krasnopol” snaradlari, shuningdek yadroviy (ikki kilotongacha) va radio shovqin chiqaruvchi snaradlar bor.
"Msta-S" o‘zi bilan 50 ta snarad olib yurishga qodir, ammo uning snaradlarni yerdan uzatish mexanizmi ham bor va u o‘qlarni yuqori tezlikda otishni ta’minlaydi.
“Msta-S” gaubitsasining 15 millimetrli gomogen po‘lat plitalardan yasalgan korpusi ekipajni zirhli teshuvchi o‘qlar va zarralardan himoya qiladi, shuningdek, harakatlanuvchi qism va dvigatelni ortiqcha yuklamaydi o‘ziyurar to‘pning og‘irligi (atigi) 42 tonna.
Roliklar va teleskopik amortizatorlarni mustahkamlab turuvchi oltita g‘ildirak — otish paytida tebranishlarni samarali ravishda yumshatadi. O‘ziyurar artilleriya tizimining “yuragi” — 780 ot kuchiga ega bo‘lgan 12 silindrli V shaklidagi V-84A dizel dvigateli bo‘lib u qurolga yuqori tezlik va manyovrlikni ta’minlaydi. Gaubitsa soatiga — 60 kmgacha tezlikda, yoqilg‘i quyishsiz esa 600 km masofagacha harakatlanishga qodir.
Agar asosiy dvigatel ishlamay qolsa, zaxiradagi gaz turbinasi sakkiz soatgacha gaubitsa faoliyatini ta’minlashga qodir.
O‘ziyurar artilleriya tizimi chuqurligi 5 m gacha va kengligi 1 km gacha bo‘lgan suv to‘siqlarini yengib o‘ta oladi. “Msta-S” gaubitsasi dunyodagi eng kuchli texnikalardan biri hisoblanadi va maxsus harbiy operatsiya hududida a’lo darajada ishlamoqda.
Raqamli texnologiyalar yordamida
“Msta-S” o‘ziyurar artilleriya tizimining yangi hujum boshqarish tizimi nishon to‘g‘risida ma’lumot qabul qilishi bilan darhol hujumni boshlash imkonini beradi.
Ma’lumotlar tizimga to‘g‘ridan-to‘g‘ri turli manbalardan (tuzatuvchilar, ilg‘or razvedka guruhlari, dronlar, turli darajadagi shtab-kvartiralar va boshqalar) kiradi. Raqamli formatda o‘t ochish sozlamalari avtomatik ravishda chiqariladi. Ekipaj komandiri tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng, qurol mustaqil ravishda nishonga qaratiladi va o‘q uzadi.
Avtomatlashtirilgan o‘qlash tizimi, o‘q-dorilar turini tanlash va ishlatilgan patronlarni chiqarish jarayonlari hujum tezligini ta’minlaydi va ekipajdagi jismoniy og‘irlikni kamaytiradi.
Vaqt — zamonaviy jangning asosiy parametridir, kim tezroq va aniqroq zarba bersa, o‘sha g‘alabaga yaqinroqdir. Ukraina harbiy harakatlar teatrida bu rus artilleriyachilaridir.
"Urush xudosi" kuchi
Qirollik mudofaa ilmiy-tadqiqot instituti (RUSI) tadqiqotchisi doktor Jek Uotlingning so‘zlariga ko‘ra, maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri Rossiya artilleriyasi o‘zining batareyaga qarshi imkoniyatlarini razvedka ma’lumotlarini qabul qilish (almashtirish)ning “texnologik jarayonini soddalashtirish” orqali bir necha bor yaxshilagan.
G‘arb Rossiya artilleriyasining maxsus harbiy operatsiya hududida miqdoriy va sifat jihatidan aniq ustunligini tan oldi. “France Presse” axborot agentligining xabar berishicha, rus qo‘shinlari og‘ir artilleriya hujumini amalga oshirishga qodir — “Rossiyaning snaradlar zaxiralari deyarli cheksizdir”.
UQK artilleriyachilarining imkoniyatlari, ya’ni NATO mamlakatlari harbiy-sanoat kompleksi ancha sodda.
Jang hududi har bir kilometridagi artilleriya soni ham ahamiyatga ega. Rossiya armiyasi, maxsus harbiy operatsiya boshlanishidan oldin, turli manbalarga ko‘ra, turli xil modifikatsiyadagi 500 dan 800 tagacha “Msta-S” gaubitsalariga ega edi.
“Global Firepower” dunyo mamlakatlari harbiy qudratining G‘arbiy reytingi Rossiyada 4270 dan ortiq o‘ziyurar artilleriya va 2520 dan ortiq zalp hujum reaktiv tizimini hisobladi.
Yagona emas
Eslatib o‘tamiz, “Msta-S” gaubitsalaridan tashqari, Rossiyada dushman uchun yetarlicha o‘ziyurar artilleriya tizimlari mavjud: 122-mm “Gvozdika”, 152-mm “Akatsiya” va “Giatsint”, 203-mm “Pion”, shuningdek 82-mm “Vasilok” va 240-mm “Tulpan” minomotlari bor.
Zamonaviy muayan joydagi janglar va qurolli to‘qnashuvlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, dushmanga “yerdan” hujum qilishda eng muhimi artilleriya zarbasidir.
Artilleriya o‘q-dorilarining diapazoni, aniqligi va kuchi jang maydonida hujum qilishda ustunlikka erishish, old frontda zarba berish vositalari va piyoda askarlarni yo‘q qilish (bostirish yoki zaiflashtirish), yaqin hududdagi infratuzilmani yo‘q qilish, ikkinchi eshelonni va dushman zaxiralarini izolyatsiya qilish imkonini beradi.
Artilleriya “urush Xudosi” bo‘lib qolmoqda va Rossiya artilleriyasining maxsus harbiy operatsiya hududida o‘t ochish borasidagi ustunligi UQK va NATOning proksi-qo‘shinlari uchun o‘lim hukmini anglatadi.