TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Tatariston respublikasidagi Kama darosida o‘zbekistonlik 25 yoshar erkak cho‘kib ketib, halok bo‘ldi. Bu haqda Musofir | Migrant telegram kanali respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi Bosh boshqarmasiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, 3-iyul kuni soat 16:30 da Nijnekamsk shahridagi “Kama” shahar plyajida cho‘kib ketayotgan, 1998-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi qutqarib olingan.
U hushsiz holatda reanimatsiyaga yotqizilgan. Soat 17:20 da tez yordam shifokorlari uning vafot etganini ma’lum qilishgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchi mast holatda bo‘lgan.