O‘zbekiston va Xitoy sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida memorandumlar imzolandi

Xitoyning turizm sektori vakillari ishtirokida biznes-forum o‘tkazildi.
Sputnik
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Kecha, 3-iyul kuni, Toshkentda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini Xitoyda targ‘ib qilish va O‘zbekiston-Xitoy turizm sanoati vakillari o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga bag‘ishlangan biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.
Biznes-forum Xitoyning turizm sektori vakillari ishtirokida o‘tkazildi.
V Tashkente proshel biznes-forum s uchastiyem ekspertov turisticheskoy sferi Kitaya
Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov Xitoyda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilishda forumning ahamiyatini ta’kidladi. Shuningdek, u O‘zbekistonga xorijiy sayyohlar oqimi va turistik infratuzilma obyektlari soni ortib borayotganini ta’kidlab, xitoylik investorlarni O‘zbekistonning turizm sohasida mavjud investitsiya imkoniyatlarini o‘rganishga chaqirdi.
O‘zbekiston va Xitoy tomonlari vakillari o‘rtasida B2B formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, unda ishtirokchilar turizm sohasining bugungi holatini muhokama qildi, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikning yangi imkoniyatlarini o‘rgandi.
Forum O‘zbekiston va Xitoy sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida bir qator shartnoma va anglashuv memorandumlarini imzolash marosimi bilan yakunlandi.