Namanganda 5-9 asrlarga oid tangalar topildi — foto

Ayni paytda olimlar tangalarning tasvirlari, yozuvlari, og‘irligi, qanday metalldan yasalganligi, pul muomalasidagi darajasi va tanga zarb qilinish tarixini o‘rganishmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Namanganda 1200-1500 yillik noyob tangalar topildi, deya xabar berdi viloyat hokimligi.
Ayitilishicha, ushbu nodir topilmalar juda ham yaxshi saqlangan. Ular ichida 475-600 yillarga mansub Baqtriya kumush tangalari mavjud.
O‘rta Osiyoda birinchi kumushdan yasalgan tangalar miloddan avvalgi 3-asrda chiqarilgan. Uning yuza qismi - aversiga podshoning surati, orqa tomoni reversiga esa har xil xudolar, muqaddas hayvonlar tasviri solingan yoki podsholarning nomi yozilib, tamg‘asi tushirilgan.
Namanganda noyob tangalar topildi
9-asrga oidligi aytilayotgan Qoraxoniylar hukmronligi davridagi kumush tanglar ham arab yozuvidagi bejirim xatga ega.
Yana bir tanga mutaxassislar e’tiborini tortdi. Uning aversida arab yozuvi, reversida xitoy iyerogliflari mavjud.
Namanganda noyob tangalar topildi

"Hozirda Axsi osori-atiqalar muzeyida turli davrlarga oid mingdan ortiq tangalar saqlanmoqda. Yangi Axsi va Axsikent arxeologiya yodgorlik majmualarida boshlangan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari barchani quvontirmoqda. Buni ko‘rgan xalqimiz asrlar osha saqlab kelayotgan nodir artefaktlarini muzeyga taqdim etishmoqda", - deydi majmua rahbari Bilolxon Rustamov.

Ayni paytda olimlar tangalarning tasvirlari, yozuvlari, og‘irligi, qanday metalldan yasalganligi, pul muomalasidagi darajasi va tanga zarb qilinish tarixini o‘rganishmoqda.