Madaniyat va turizm vazirligi hududlardagi bo‘limlariga "Damas" sovg‘a qildi — foto

Shu yil yakuniga qadar tuman hamda shahar madaniyat va turizm bo‘limlariga yana 70 ortiq "Damas" avtomobili topshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Respublikaning 32 ta tuman va shahar madaniyat va turizm bo‘limiga "Damas" avtomobili topshirildi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 32 ta maxsus avtotransport vositasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan xarid qilingan.
Respublikadagi madaniyat va turizm bo‘limlariga "Damas" avtomobili topshirildi
Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar avtomobil hududlarda o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar sifatining yuksalishiga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tishdi.
Respublikadagi madaniyat va turizm bo‘limlariga "Damas" avtomobili topshirildi
Shu yil yakuniga qadar qo‘shimcha ravishda 70 ortiq "Damas" avtomobili bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
Respublikadagi madaniyat va turizm bo‘limlariga "Damas" avtomobili topshirildi