Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina QK Zaporojye yo‘nalishida 20 mingga yaqin odamni yo‘qotdi

Baliskiy: Ukraina QK Zaporojye yo‘nalishida 20 mingga yaqin odamni yo‘qotdi.
Sputnik
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari Zaporojye viloyatida 20 mingga yaqin odamini yo‘qotdi, deb yozdi viloyat rahbari vazifasini bajaruvchi Yevgeniy Baliskiy o‘zining Telegram-kanalida.

Orexovskiy yo‘nalishida vaziyat keskinligicha qolmoqda, pozitsiyalarimizga har kuni hujumlar uyushtirilmoqda, dushman jadal harakat qilmoqda, ammo ular o‘z askarlarini ayamayapti. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, dushman tomoni allaqachon 20 mingdan ortiq shaxsiy tarkibini yo‘qotgan, - deb yozdi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev muhim yo‘qotishlarga qaramay, hech qanday yutuqlarga erisha olmayapti. Rossiya harbiylari dushmanni dastlabki pozitsiyalariga itarib yubormoqda, qo‘poruvchi-razvedka guruhlari faoliyatini to‘xtatmoqda.
“Askarlarini ayamasdan, ular (Ukraina QK) G‘arbga hisobot berish uchun hech bo‘lmaganda kichik g‘alabaga erishmoqchi. Kiyev jangovar harakatlarni imitatsiya qilmoqda, unda hayratlanarli yo‘qotishlarga uchramoqda”, - dedi Baliskiy.
4 iyun kuni Ukraina Qurolli Kuchlarining Janubiy-Donesk, Zaporojye va Artyomovsk yo‘nalishlarida Kiyev uzoq vaqtdan beri va’da qilgan qarshi hujumi boshlagandi. O‘tgan hafta Vladimir Zelenskiy ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak o‘z qo‘shinlarining oldinga siljishi qiyin bo‘lganini tan oldi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ta’kidlaganidek, Ukraina armiyasi katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda va hech qaysi hududda muvaffaqiyat qozona olmayapti. Bugungi mudofaa vaziri Sergey Shoyguning bayonotiga ko‘ra, Donbass va Zaporojye viloyatidagi bir oy davomida qurolli kuchlar dushmanning 920 ta zirhli texnikasini, jumladan, 16 ta Leopard tankini, shuningdek, 15 ta samolyot va 3 ta vertolotni yo‘q qildi.