TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Surxondaryo viloyati Termiz shahrida ob-havo sharoitlar tufayli 3-iyul kuni soat 04:00 dan boshlab chang bo‘roni boshlandi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.
Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatlashtirilgan stansiyalarining ma’lumotlariga ko‘ra, havodagi mayda RM10 zarrachalarining miqdori 719 mkg/m3 ni tashkil etgan, bu ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 1,5 barobar oshib ketgan. Shamol tezligi — 11 m/s.
Ertalab soat 05:00 da RM10 indeksi 1600 mkg/m3 (meyordan 3,2 barobar yuqori), 06:00 da — 2420 mkg/m3 (4,8 barobar), 07:00 da — 2820 mkg/m3 (5,6 barobar), 08:00 da — 4025 mkg/m3 (8 barobar), 09:00 da — 7363 mkg/m3 (14,7 barobar). Shamol tezligining pasayishi bilan havoda chang-g‘ubor kuzatildi.
Soat 10:00 da RM10 zarrachalarining miqdori 6065 mkg/m3 gacha kamaydi, bu ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 12 barobar oshib ketgan.