"Enaga": poyezd kuzatuvchisi bolalarga muhabbat tufayli TikTok yulduziga aylandi — video

"Afrosiyob" tezurar poyezdi kuzatuvchisi yosh bolalarni tinchlantirish qobiliyati bilan ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘ldi.
Sputnik
Ko‘pchilik yosh bolali bolali yo‘lovchilar Abdumutal Rahimberdiyev smenasiga chipta olishga harakat qilishadi. Chunki u kichik yo‘lovchilar bilan "til topishish" qobiliyatiga ega.
Hozir Abdumutal Rahimberdiyev "Afrosiyob" tezurar poyezdi boshlig‘i lavozimida ishlaydi. Shu bilan birga, u ijtimoiy tarmoqlarda haqiqiy yulduzdir.
Bir necha yil oldin u yo‘lda uxlay olmayotgan chaqaloqni tinchlantirishga yordam bergan. Hamkasblaridan biri uni suratga olib, TikTok tarmog‘iga joylagan video qisqa vaqt ichida 200 mingga yaqin marotaba ko‘rilgan. O‘sha paytdan boshlab poyezd boshlig‘ini "enaga" deb atay boshlashdi.
Abdumutal yosh bolalar bilan qanday qilib til topa olgani haqida Sputnik videolavhasida tanishing.