TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Rossiya mudofaa Sergey Shoygu selektor yig‘ilishida ishtirok etdi. Unda Shoygu mamlakatda ison ko‘tarishga bo‘lgan urinish, Ukrainadagi maxsus operatsiya mavzulariga to‘xtaldi.
Maxsus harbiy operatsiya hududidagi vaziyat haqida
4 iyun kuni qarshi hujum boshlagan Ukraina armiyasi 2,5 mingtaga yaqin turli qurol-yarog‘idan mahrum bo‘ldi, biroq hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmadi.
Zaporojye, Janubiy Donesk va Donesk yo‘nalishlarining o‘zida Rossiya harbiylari 15 ta samolyot va 3 ta vertolot hamda 920 ta zirhli texnika, jumladan, 16 ta “Leopard” tankini yakson qilishgan.
Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari HIMARS reaktiv tizimining 158 ta snaradi, 25 ta “Storm Shadow” qanotli raketasi va 386 ta uchuvchisiz uchar qurilmani tutib olgan.
G‘arblik kuratorlari hujum qilishni davom ettirishni talab qilayotgan Kiyev o‘zining muvaffaqiyatsizlikka yuz tutganini fuqaroviy obyektlarni terrorchilar kabi o‘qqa tutish evaziga yashirishga urinmoqda.
Ison ko‘tarishga bo‘lgan urinish haqida
23-25 iyun kunlari Rossiyadagi vaziyatni izdan chiqarish rejalari chippakka chiqdi. Bunda qasamodi va harbiy burchiga sodiqlikni namoyon etgan qurolli kuchlar xodimlarining xizmati beqiyos.
“Provokatsiya qo‘shinlar guruhlari xatti-harakatlariga ta’sir qilmadi. Harbiy xizmatchilar mardonavor va fidokorona ular zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishda davom etishdi. Shaxsiy tarkibga vijdonli va halol xizmat uchun minnatdorlik bildiraman”, - dedi Shoygu.