Medvedev zamonaviy dunyoni Karib inqirozi bilan taqqosladi

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari dunyo uchun hozir yadroviy oxir zamonga duch kelish havfi mavjudligi haqida ogohlantirdi.
Sputnik
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning “Rossiyskaya gazeta” uchun yozgan maqolasiga ko‘ra, dunyoning turli qismlarining kelajagini tushunishda shakllangan tektonik parchalanishlar yanada yomonlashishi mumkin.
“Dunyoning turli qismlarining kelajagini tushunishda yuzaga kelgan tektonik sinishlar yanada yomonlashadi. Qarama-qarshilik bosqichi juda uzoq davom etishini tushunish uchun bashoratchi bo‘lish shart emas. Qarama-qarshilik o‘nlab yillar davom etadi”, — deya ta’kidlagan Medvedev.
U dunyo uchun hozir yadroviy oxir zamonga duch kelish havfi mavjudligi haqida ogohlantirdi. Muallifning fikricha, buning kamida ikkita sababi bor.
“Dunyo Karib inqirozi davridagidan ham battar holatda. Chunki bizning raqiblarimiz haqiqatan ham eng yirik yadroviy davlat — Rossiyani mag‘lub etishga qaror qilishdi. Ular, shubhasiz, aqldan ozgan ahmoqlardir, ammo bu haqiqat”, — deb yozgan Medvedev.
Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari yadroviy quroldan “kim tomonidan va qayerda foydalanishi” ma’lum bo‘lgan faktning o‘zini ikkinsi sabab deb atadi. Shu sababli, “hech qanday tabu yo‘q”, deb xulosa qildi u.