TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainaga yetkazib berilgan texnikalarni yo‘q qilishi G‘arb mamlakatlariga “hushini joyiga keltiruvchi samara” sifatida ta’sir ko‘rsatdi. Bu fikrni “Berliner Zeitung” gazetasi shahrlovchisi bildirdi.
Nashrning yozishicha, Kiyevga yuborilayotgan harbiy texnikalardan G‘arb yetakchilarining “umidlari katta” bo‘lgan. Texnikalar Ukrainaga “muhim hududiy egallashlarga erishishiga” imkon berishi nazarda tutilgandi.
Ammo Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) boshlagan qarshi hujumdan 3 hafta o‘tib Rossiya qo‘shinlari qator “Leopard-2” tanklarini yakson qilishgani ma’lum bo‘ldi. Bu G‘arb uchun “navbatdagi hushini joyiga keltiruvchi lahza” bo‘lgan.
Gazetaning yozishicha, UQKning G‘arb harbiy texnikalarini tez va yoppasiga yo‘qotishi “insonlar hayoti va pulga” tushgan.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasi 4-iyundan buyon muvaffaqiyatsiz hujum qilishga urinayotganini xabar qilgan edi. Hujum vaqtida ukrainlar katta yo‘qotishlarga duch kelishmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin strategik zaxiralarni jalb qilishga qaramay, Ukraina harbiylari muvaffaqiyatsiz qarshi hujum qilishga urinayotganini qayd etgan.
22 iyun kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukraina katta yo‘qotishlarga uchrab, faollikni susaytirganini ma’lum qildi.