TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Eronning Shanhay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) qo‘shilish ehtimoli yuqori, chunki bu davlat mintaqadagi xavfsizlikning muhim elementi hisoblanadi, dedi RIA Novosti agentligiga Rossiya prezidenti huzuridagi Xalqaro aloqalar kengashi a’zosi Bogdan Bezpalko.
“Eronning ShHTga a’zo bo‘lish imkoniyati ancha yuqori... Eron strategik jihatdan muhim ittifoqchi. Bu mamlakat yordamida Yaqin Sharqda oldinga siljish va o‘rin egallash, dushman kuchlarning Kavkaz va Markaziy Osiyoga ta’sirini oldini olish mumkin bo‘ladi”, - dedi Bezpalko.
Unga ko‘ra, Eron hozirda hamma terrorchi deb tan olgan, Iroq mag‘lubiyatga uchragach va amerikaliklar Suriya hududiga bostirib kirganidan keyin tuzilgan tashkilotlarga qarshi kurashmoqda.
Bezpalkoning ta’kidlashicha, Eron Yaqin Sharqdagi eng qudratli davlatlardan biri bo‘lib, u orqali “Fors ko‘rfazining deyarli barcha mamlakatlariga ta’sir o‘tkazish mumkin”.
Eslatib o‘tamiz, Hindiston Tashqi ishlar vazirligi ShHTning 23-sammiti 4-iyul kuni onlayn formatda bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandi.
ShHT - 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Unga Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston a’zo.