TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Multikulturalizm, integratsiya, bag‘rikenglik va boshqa sun’iy mafkuralar Fransiyada halokatli tartibsizliklarga olib keldi, deb yozadi rossiyalik senator Aleksey Pushkov Telegram kanalida.
“Nazoratsiz migratsiya natijalarini ko‘rishni xohlaganmidingiz? Ular sizni ko‘rishga majbur qiladi. Mana ular”, - deydi u.
Katta ehtimol bilan, Fransiyada bu isondan keyin ham mutlaqo hech narsa o‘zgarmaydi, deya xulosa qilgan siyosatchi.
Fransiyada bir necha kundan beri tartibsizliklar davom etmoqda. Ular 27-iyun kuni ertalab Nanterda yo‘lda tekshiruv o‘tkazayotgan politsiya 17 yoshli o‘smirni otib o‘ldirganidan keyin boshlandi. Huquq-tartibot xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, yigit ularning talablarini bajarishdan bosh tortgan. Oqibatda norozilik namoyishlari butun mamlakatni qamrab oldi: yoshlar mashinalarga, politsiya va mahalliy hokimiyat binolariga o‘t qo‘yishdi, banklar va do‘konlarni talon-toroj qilishdi.