TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Joriy yilning 14-30 iyul kunlari Yaponiyaning Fukuoka shahrida suv sporti turlari bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Dunyoning eng kuchli terma jamoalari orasida o‘zbekistonlik sportchilar ham o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi.
O‘zbekiston suzish federatsiyasining ma’lum qilishicha, ushbu dunyo birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi ochiq dengizda suzish va sinxron suzish bahslarida ishtirok etishadi.
O‘zbekiston terma jamoasining musobaqa uchun tarkibi quyidagicha:
Ochiq dengizda suzish:
Parizoda Iskandarova;
Anastasiya Zelinskaya;
Vacheslav Shkretov;
Nikita Kornilov.
Sinxron suzish:
Diana Onkes;
Ziyodaxon Toshxo‘jayeva;
Anna Vashenko;
Gulsanam Bukina.