“Yelorda kubogi”: o‘zbekistonlik bokschilar 7 ta medal qo‘lga kiritdi

Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari umumiy hisobda 7 ta medalni qo‘lga kiritishdi.
Sputnik
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Qozog‘istonning Astana shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi “Yelorda kubogi” turniri o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 7 ta medal qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi O‘zbekiston boks federatsiyasi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari umumiy hisobda 7 ta (3 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza) medalni qo‘lga kiritishdi.
Terma jamoa safida quyidagi bokschilar sovrindor bo‘ldi:
Oltin:
-60 kg: Dilshod Abdumurodov;
-71 kg: Havasbek Asadullayev;
+92 kg: Jahongir Zokirov.
Kumush:
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev.
Bronza:
-51 kg: Asilbek Jalilov;
-80 kg: To‘rabek Xabibullayev;
-92 kg: Nusratbek Tohirov.
Joriy yilning 27-iyun - 2-iyul kunlari Qozog‘istonning Astana shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida xalqaro “Yelorda kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada 10 dan ortiq mamlakatdan 200 nafarga yaqin bokschi ishtirok etdi.