Bu qiziq

Ko‘p ayron ichadigan insonlarda disbakterioz kam uchraydi — SSV

Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, issiq kunlarda organizmning suv balansini kerakli ichimliklar bilan tiklash juda muhim.
Sputnik
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Ko‘p ayron ichadigan insonlarda disbakterioz kam uchraydi, deb yozmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, ayron chanqoqni bosishi bilan birga, ishtahani ham ko‘taradi, ichak mikroflorasini tozalaydi, nafas olish va yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilaydi, immunitet va asab tizimi uchun ham foydali.
Shuningdek, ko‘p ayron ichadigan insonlarda disbakterioz kam uchrashi ham isbotlangan.
Qayd etilishicha, bodring, selderey, qovun, tarvuz, apelsin kabi mahsulotlar ham chanqoqni yaxshi bosadi. Shuningdek, okroshka ham chanqoqni bosishi hamda u kerakli mikroelement va vitaminlarga boyligi ma’lum.
Vazirlikning eslatishicha, yozda oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar tarkibi tez buzilishi hisobiga, bozorlarda, yo‘l yoqalarida sotiladigan qo‘lbola hamda yaroqlilik muddati o‘tgan ichimliklarni ichish salomatlik uchun xavfli.