Havo vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi — Toshkentda 1-iyul uchun ob-havo

Prognozlarga ko‘ra, poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Bugun Toshkentda havo harorati +38 daraja issiq bo‘ladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +21-23 daraja iliq, kunduzi +36-38 daraja issiq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, iyul - yozning eng qizg‘in davri va aynan iyul oyida O‘zbekistonda eng yuqori havo haroratlari kuzatiladi. O‘zbekistonda iyul oyining o‘rtacha maksimal harorati (yoki iqlim meyori) +35...+37 darajani, janubda va cho‘l hududlarda +38...+40 darajani tashkil etadi.