Bangladesh elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

Muhammad Jahongir Alam 2020-yil oktabr oyidan Bangladeshning Toshkentdagi elchixonasini boshqargan.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Bangladesh elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda, deya xabar berdi “Dunyo” AA.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatda diplomatik missiyasi yakunlangani munosabati bilan Bangladesh elchisi Jahongir Alamni qabul qildi.

“Bangladeshning Toshkentdagi elchixonasini uch yil boshqargan elchi Jahongir Alam bilan uchrashganimizdan xursandmiz. Biz janob elchiga diplomatik faoliyati davomida O‘zbekiston–Bangladesh aloqalarini boyitishga qaratilgan sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildiramiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deb yozadi vazir o‘zining Telegram-kanalida.

Ma’lumot uchun, Muhammad Jahongir Alam 2020-yil oktabr oyidan Bangladeshning Toshkentdagi elchixonasini boshqargan va 2021-yil 23-aprelda Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorliqlarini taqdim etgan edi.
Joriy yil iyun oyida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ilmiy kengashining yig‘ilishida elchiga iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diplomi topshirildi.
Muhammad Jahongir Alam bunga qadar 7-yil Bangladeshning O‘zbekistondagi elchisi bo‘lgan Masud Mannanning o‘rnida faoliyat boshlagan edi.