TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Bugundan magistraturaga qabul boshlanmoqda. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish boshlanadi.
2023/2024 o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Shu o‘rinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov bu yil magistraturaga qabul faqat bir marta bo‘lishi haqida ma’lum qilgan edi.