Bangkok aeroportida yo‘lovchi yarim oyog‘idan ayrildi — tafsilotlar

Shifokorlar aeroportda harakatlanuvchi yo‘laklarning ustiga yiqilgan yo‘lovchining oyog‘ini kesishga majbur bo‘lishdi.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Bangkokdagi Don Mueang aeroportida yo‘lovchi harakatlanuvchi yo‘laklardan biriga yiqilib, oyog‘idan jiddiy jarohat oldi. Bu haqda RIA Novosti The Phuket News nashriga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, yo‘lovchi Bangkokdan boshqa bir shaharga uchishni rejalashtirgan, biroq to‘rtinchi va beshinchi terminal orasida harakatlanuvchi yo‘laklarga (travolator) yiqilib tushgan. Uning oyog‘i mexanizmga tiqilib, jiddiy jarohat olgan.
Shifokorlar jarohat juda og‘ir bo‘lgani uchun ayolning oyog‘ini tizzadan yuqoriroq qilib kesib tashlashga majbur bo‘lishgan. Shundan so‘ng, bemor davolanish uchun xalqaro kasalxonaga yotqizilgan.
Rasmiylarning fikricha, travolator yaxshi holatda bo‘lgan, biroq ayol yiqilganida tanasi bilan mexanizm qopqog‘ini yirtib tashlagan va bu shunday dahshatli oqibatlarga olib kelgan.
Hozirda bu holat texnik nosozlik bo‘lganmi yoki insonning ehtiyotsizligi natijasida kelib chiqanmi yo‘q tekshirmoqda.