Andijonda xitoyliklar bilan hamkorlikda 3 ta GES qurilishi boshlandi

Andijonning Izboskan, Bo‘ston va Ulug‘nor tumanida GES qurilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Andijon viloyatining 3 ta tumanida Xitoy bilan hamkorlikda gidroelektrostansiya (GES) qurilishi boshlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Andijonda GES qurilishi boshlandi
Andijonning Izboskan tumanida 3,2 megavattlik GES qurilmoqda. Ushbu loyiha qiymati 5 million dollarni tashkil etadi. Aytilishicha, GES qurilishi natijasida 10 mingga yaqin xonadon uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlanib, tumandagi jami elektr energiya sarfi qariyb 20% ga qoplanadi.
Andijonda GES qurilishi boshlandi
Shuningdek, Bo‘ston tumanida ham loyiha qiymati 1,2 million dollarni tashkil etgan, 700 kv quvvatdagi gidroelektrostansiya qurilmoqda.
Andijonda GES qurilishi boshlandi
Ulug‘nor tumanida amalga oshirilayotgan gidroelektrostansiya loyihasi yiliga 5,2 million kilovatt elektr energiya ishlab chiqaradi. Loyiha qiymati 10 milliard so‘mga teng bo‘lib, kelgusida 500 ta xonadon uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlanadi.