Bugun yoshlar uchun avtobusda yurish bepul bo‘ladi

Yoshlar kuni munosabati bilan bugun 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar avtobuslarda yo‘lkira to‘lamaydi.
Sputnik
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Bugun yoshlarga avtobusda yurish bepul bo‘ladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.
Qayd etilishicha, 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar avtobuslardan bepul foydalanishlari va shahardagi ushbu sanaga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvar holatiga respublika bo‘yicha yoshlar soni 9 654 351 nafarni tashkil etgan. Ular jami aholining 26,8 foiziga teng.