Toshkentning ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi — manzillar

Toshkentning ayrim tumanlarida 1-iyul kuni elektr energiyasi soat tonggi 00:00 dan 05:00 ga qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Toshkentning Olmazor hamda Yunusobod tumanlarining ayrim ko‘chalarida elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Ikki tumanda 1-iyul kuni elektr energiyasi soat tonggi 00:00 dan 05:00 ga qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.
Qayd etilishicha, ko‘chalardagi temir tayanch ustunlariga elektr qurilmalarni o‘rnatish ishlari olib boriladi.
Elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladigan hududlar:
Olmazor tumanining - "Ibrohim ota" MFY, "Chuqursoy" MFY, "Ahil" MFY, "Moyariq" MFYlarida aholi xonadonlari hamda Jome mavzesining tadbirkorlik subyektlari;
Yunusobod tumanining - "Hasanboy" MFY, "Katta Hasanboy" MFY, "Sharq haqiqati" MFY, "Turkiston" MFY, "Yo‘lariq" MFY, "Akbarobod" MFY, "Tiklanish" MFYlarning qisman ko‘chalari va Issiqlik markazi.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi ham mumkin.