TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha 10 784 ta saylov uchastkasi tuzildi. Bu haqida Markazay sayslov komissiyasi tomonidan e’lon qilingan infografikada ma’lum qilindi.
Muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovida tashkil etilgan saylov uchastkalari hamda uchastka saylov komissiyalarining sifat tarkibi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha jami 14 ta saylov okrugiga 10784 ta saylov uchastkasi biriktirildi.
© Sentralnaya izbiratelnaya komissiya
Uchastka saylov komissiyasi a’zolari soni 108 399 nafar etib belgilangan. Ulardan 47,9% - erkaklar va 52,1% - ayollar. Komissiya a’zolarining aksariyati (87%) oldingi saylovda qatnashgan.
© Sentralnaya izbiratelnaya komissiya
Komissiya a’zolari orasida pedagoglar soni 59 445 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, komissiya a’zolari orasida jurnalistlar ham bor, ularning soni 647 nafarga teng.
© Sentralnaya izbiratelnaya komissiya
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident saylovi 9-iyul kuniga belgilangan. Saylovda muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari 28-iyun-5 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Tashqi ishlar vazirligining MSKga kelib tushgan taqdimnomasiga asosan 39 ta O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi tuzilgan.
Prezidentlikka Ekopartiyadan Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surilgan. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan boshlangan.