Rjev yerlariga SSSR xalqlari qoni singib ketgan — video

Rjevda 14 oy davom etgan janglar nemislarning Moskvaga hujum qilishiga, qo‘shinlarini Stalingrad va Kavkazga o‘tkazishga yo‘l qo‘ymadi va buyuk G‘alabaga behisob hissa qo‘shdi.
Sputnik
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. 2020 yil 30-iyun kuni Rjevda sovet askariga yodgorlik ochilishi bo‘lib o‘tdi. Unda prezidentlar Putin va Lukashenko ishtirok etdi.
Yodgorlik 1942-1943 yillarda Rjev uchun bo‘lgan janglarida ishtirok etgan Qizil Armiya askarlari sharafiga o‘rnatildi. Bu yerda Ikkinchi jahon urushining eng qonli to‘qnashuvlaridan biri bo‘lgan, 1,3 millionga yaqin askarlar qurbon bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan.
Rjevda 14 oy davom etgan janglar nemislarga Moskvaga hujum qilishga, qo‘shinlarini Stalingrad va Kavkazga o‘tkazishga yo‘l qo‘ymadi va buyuk G‘alabaga behisob hissa qo‘shdi.
A. Tvardovskiyning 1946-yilda yozilgan “Men Rjev ostida o‘ldirildim” she’ri ushbu janglar qurbonlariga bag‘ishlangan.