TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Noma’lum shaxs Kishinyov xalqaro aeroportida otishma uyushtirdi. Bu haqda RIA Novosti Moldova poytaxti politsiyasi ma’lumotlariga tayangan holda xabar bermoqda.
“Kishinyov aeroportida bir nechta o‘q uzildi, xavfsizlik nuqtayi nazaridan yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi”, - deyilgan xabarda.
Respublika IIVning aniqlik kiritishicha, otishmani mamlakatga kiritilmagan xorijlik uyushtirgan. Jinoyatchi odamlarni garovga olgani aytilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi jabrlangan.
Kishinyovda parvozlar vaqtincha to‘xtatilgan.