TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) davlat rahbarlarining 4-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida Eronning tashkilotga to‘laqonli a’zoligi rasmiylashtiriladi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
"ShHT bilan aloqalar o‘rnatishga intilayotgan davlatlar soni ortib bormoqda. Eronning to‘laqonli a’zoligi Davlat rahbarlari kengashining 4-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida rasmiylashtiriladi", - dedi vazir juma kuni ShHT Xalq diplomatiyasi markazi taqdimotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidentining ShHT masalalari bo‘yicha maxsus vakili Baxtiyor Hakimov Eronning Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilinishi ShHTning Nyu-Dehli sammitida asosiy qaror bo‘lishini ma’lum qilgandi.