TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Namangan viloyatining Pop tumanida joylashgan Chodak dam olish maskanida kanatga chiqqan shaxsning kanati to‘xtab qoldi. Bu haqda “Pochtachi” Telegram-kanali Namangan FVBga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda "Chodak dam olish maskanida kanatga chiqqan odam kanati to‘xtab qolibdi" degan xabar tarqalgan.
Hozirda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari, tuman hokimligi, Favqulodda vaziyat va Ichki ishlar bo‘limlaridan ishchi guruh tuzilgan. O‘rganib ishlari olib borilmoqda.