O‘z biznesini ochish uchun xorijdagi nufuzli o‘qishini tashladi – toshkentlik yosh tadbirkor hikoyasi

Toshkentlik yosh tadbirkor hayotda o‘z yo‘lini topishga qaror qildi va tavakkal qildi. Qiyinchiliklarni yengib o‘tib, bugun muvaffaqiyatli biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Sputnik
26 yoshli Abbos Usarov yog‘och geografik xaritalar ishlab chiqaruvchi kompaniya asoschisi. Bir paytlar u xorijdagi o‘qishini tashlab, O‘zbekistonga qaytgan va bozor sohasini o‘rgana boshlagan.
"Agar iqtidorli odamlar sizning g‘oyalaringizga ishonmasa, ular siz bilan ishlashga ko‘nmaydi. Hammaga ham pul kerak emas, balki yangi ochilayotgan imkoniyatlar va istiqbollar ilhomlantiradi", - deydi u.
Toshkentda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga erishgan yosh tadbirkor Sputnik muxbiriga faoliyati va muvaffaqiyati haqida so‘zlab berdi.