27 iyun kuni Fransiya politsiyasi Nanterdagi yo‘lda tekshiruv paytida 17 yoshli o‘smirni otib qo‘ydi. Politsiyachilarning so‘zlariga ko‘ra, 17 yoshli haydovchi ularning talabini bajarishdan bosh tortgan. O‘smir o‘limidan so‘ng Fransiyaning qator shaharlarida tartibsizliklar boshlanib ketdi va mana uch kundirki davom etmoqda.
Yoshlar norozilik bildirib, avtomobil, politsiya va hukumat binolariga o‘t qo‘ymoqda. Shaharlarning ayrim ko‘chalarida maxsus xizmat otradlari paydo bo‘lgan, zirhli texnika va vertolotlardan foydalanilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jumaga o‘tar kechasi namoyishchilar Fransiya bo‘ylab 500 taga yaqin bino va 550 tadan ortiq avtomobilni yoqib yuborishgan.