TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Ukrainaning Lvov viloyatida “Ona Vatan” haykali buzib tashlandi. Bu haqda Lvov shahri kengashi xabar qildi.
“Bugun Bruxovichi shahar turidagi posolkada dekolonizatsiya doirasida sovet davridagi “Ona Vatan” haykali buzib tashlandi”, - deyilgan shahar kengashi xabarida.
Bundan tashqari, Vinniki posolkasidagi “Jangchi” haykalini buzib tashlashni rejalashtirishmoqda.
Ta’kidlanishicha, yodgorlikning tarixiy ahamiyati sabab shaharning maxsus muzeyiga olib borishadi.
“Ona Vatan” haykali 1956-yilda Lvov kulochilik va haykaltoroshlik fabrikada tayyorlangan edi.
Ukrainada sovet va Rossiya bilan bog‘liq geografik obyektlarni qayta nomlash va ularga qarshi kurashish 2015-yilda boshlangan. O‘shanda dekommunizatsiya deb ataluvchi qonun qabul qilingan edi. 2022-yilga kelib Ukraina hukumati 2,5 mingtadan ziyod yodgorlikni buzib tashlagan, 900 mingtadan ziyod aholi punkti va 50 mingtaga yaqin ko‘cha qayta nomlangan.