AFC U17 yarim final: Janubiy Koreya —O‘zbekiston o‘yini qanday yakunlandi

Yarim final bahsida O‘zbekiston jamoasi maydonga oq kiyimda, Janubiy Koreya esa qizil rangli libosda maydonga tushishdi.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Bugun Osiyo Kubogi U-17 chempionatining yarim final bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va Janubiy Koreya jamoalari uchrashdi.
Jarima maydonchasiga yaqin joyda yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlik tufayli O‘zbekiston darvozasiga jarima to‘pi belgilandi.
Koreya jamoasi a’zosi Bak Invu ushbu to‘pni O‘zbekiston darvozasiga yo‘naltirdi va o‘yinning 31 daqiqasida gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Keyingi 14 daqiqa va ikkinchi taymning 45 daqiqasi hamda qo‘shib berilgan 7 daqiqa ichida ham hisobni o‘zgartirishning iloji bo‘lmadi.
Shu tariqa U17 Osiyo kubogi yarim finalida O‘zbekiston 1:0 hisobida Janubiy Koreyaga mag‘lub bo‘ldi.
Finalda Janubiy Koreya Yaponiya jamoasi bilan uchrashadi.