Tashqi ishlar vazirligida Malayziya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali muhokama qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Joriy yil 27-iyun kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Malayziyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Hendi Assanni qabul qildi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Uchrashuvda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali muhokama qilindi”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, savdo, investitsiya, turizm, ta’lim sohalarida hamkorlikning mavjud salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ikki mamlakat tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.