TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Rossiyaning Sankt-Peterburg portida bojxonachilar bananlar orasiga joylashtirilgan 50 kg kokainni aniqlashdi. Bu haqda Rossiya Federal bojxona xizmati matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjatlarga ko‘ra, yuklar Afrika qit’asi davlatlaridan Yevropa orqali O‘zbekistonga turli dengiz kemalarida tranzit yo‘li ketayotgan bo‘lgan.
Giyohvandlik vositasi konteynerni skanerlash chog‘ida aniqlangan. Tekshiruv natijasida plonkaga qadoqlangan, oq kukun solingan 50 dona briket topilgan. Ekspertiza davomida bu modda kokain giyohvandlik moddasi ekani tasdiqlangan. Aniqlik kiritilishicha, topilgan kokainning umumiy qiymati 450 million rubldan oshadi.
Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 229.1-moddasi (“Giyohvandlik vositalari kontrabandasi”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu modda bo‘yicha eng maksimal jazo umrbod qamoq jazosini nazarda tutadi.