Qirg‘izistonda polietilen paketlardan foydalanish taqiqlanishi kutilmoqda

2024 yil 1-yanvardan Qirg‘izistonda polietilen paketlarni ishlab chiqarish taqiqlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Qirg‘iziston parlamenti bir martalik yelim paketlarni mamlakatga olib kirish, ishlab chiqarish va sotishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar bermoqda.
Hujjat imzolanish uchun Qirg‘iziston prezidentiga yuborilgan.
2024 yil 1-yanvardan polietilen paketlarni ishlab chiqarish taqiqlanadi, kelgusi yilning 1-iyunidan esa do‘konlarda sotish va berishga taqiq joriy etiladi.
Polimer paketlar o‘rniga biologik parchalanadigan qadoqlashdan foydalaniladi.