TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Srechko Katanes boshchiligida O‘zbekiston terma jamoasi dunyo reytingida oldingidek 74-o‘rinda, Osiyoda esa 10-pog‘onani egallab turibdi.
Qo‘shnilardan Qirg‘iziston 97, Qozog‘iston 104, Tojikiston 109, Turkmaniston esa 138-o‘rinlarni band etgan.
Qatardagi jahon chempionatida chempion bo‘lgan Argentina hamon reyting peshqadami. Chempionatning kumush medali sohibi Fransiya reytingda ikkinchi pog‘onani band etib turibdi. Braziliya kuchli uchlikka yakun yasagan.