Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina armiyasining texnikalar kolonnasi yakson qilindi – video

Janubiy Donesk yo‘nalishida Ukraina qurolli kuchlarining uchta zirhli mashinasi yo‘q qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Rossiya Havo-kosmik kuchlari vertolotlari Yujniy Donesk (Janubiy Donesk) yo‘nalishida Ukraina qurolli kuchlarining uchta zirhli mashinasini yo‘q qildi. Bu lavhalar aks etgan videoni Rossiya Mudofaa vazirligi ko‘rsatdi.
“Razvedka-zarba beruvchi vertolotlar ekipajlari Ukraina Qurolli kuchlarining zirhli texnikasi kolonnasi harakatlayotganini payqab, zirhli texnikani boshqariluvchi raketalar bilan yakson qildi”, - deyilgan xabarda.
Uchta zirhli mashina ketma-ket yo‘q qilingan. Ularning har bir uchun bittadan raketa yetarli bo‘lgan.