TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Fransiyaning Nanter shahri va Parijning ayrim tumanlarida politsiya xodimi tomonidan 17 yoshli o‘smirning o‘ldirilishidan so‘ng tartibsizliklar boshlandi.
O‘limidan oldin marhum huquq-tartibot xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan, deb yozadi OAV. Politsiya ofitseri hibsga olingan va uni beixtiyor odam o‘ldirishda ayblash kutilmoqda.
Namoyishchilar xavfsizlik kuchlariga qarata barrikadalar, mashinalar, axlat qutilariga o‘t qo‘ydi va salyut otdi. Politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz bilan javob berdi.
Hududga qo‘shimcha politsiya kuchlari yuborilgan. Kamida to‘qqiz hibsga olingan va bir namoyishchi yaralangani xabar qilingan.