TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Rossiyada o‘zbekistonliklar bo‘lgan mashina yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Natijada 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Musofir/migrant Telegram-kanali mamlakat IIV bosh boshqarmasiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samara trassasida 2 ta "Honda Stepwgn" va "Hyundai Elantra" avtomobilning to‘qnashuvi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, yana 8 kishi jarohat oldi.
Samarada o‘zbekistonliklar bo‘lgan mashina YTHga uchradi
© MVD Samarskoy oblasti
YTHda halok bo‘lgan va jarohatlanganlarning barchasi - O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari. Jarohatlanganlar shifoxonaga yotqizilgan.
Voqea joyida tergov-tezkor guruhi, viloyat davlat transport inspeksiyasi rahbariyati va Rossiya IIV hududiy boshqarmasi ishlamoqda.