TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. 26 iyun kuni Vazirlar Mahkamasining “Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi meyorlarini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilari uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili 56 kalendar kuni etib belgilandi.
Ushbu meyorlarda keltirilgan xodimlarga yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili uchun haq to‘lashda yakshanba va bayram kunlari inobatga olinmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq deputatlar “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ma’qullashgan edi. Hujjat o‘qituvchilarning obro‘sini oshirish, qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlangan.