TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Politsiya Moskva shimoli-sharqida yuz bergan mushtlashuvdan so‘ng 24 kishini hibsga oldi, tekshiruv o‘tkazmoqda. Bu haqda Musofir/migrant Telegram-kanali RF IIV bosh boshqarmasiga asosan xabar berdi.
Qo‘lga olinganlarning barchasi Markaziy Osiyodan kelgan migrantlar. Rasmiy ravishda, bu ma’lumotlar oshkor etilmayapti.
Dushanba kuni ertalab Berezovaya xiyoboni ko‘chasida "fuqarolar o‘rtasidagi mojaro” haqida xabar kelib tushdi.
"24 kishi qo‘lga olinib, ichki ishlar organlari bo‘limiga olib ketildi. Jabrlanganlardan biri tez tibbiy yordam punktiga yetkazildi", — deyilgan xabarda.
Politsiya tekshiruv o‘tkazmoqda, “voqea ishtirokchilarining harakatlariga huquqiy baho beriladi”.
So‘nggi ikki kun ichida Rosssiya poytaxtida migrantlar ishtirokida ikki marta mushtlashuv sodir bo‘ldi. Birinchisi bir kun oldin Yangi Moskvadagi Kokoshkino qishlog‘ida sodir bo‘ldi. Moskva Tergov qo‘mitasi markaziy qo‘mitasi “migrantlarning ommaviy mushtlashuvi” fakti tekshirilgani haqida axborot berdi.
Politsiya mushtlashuvchilarning migratsiya holatiga aniqlik kiritmagan holda hech kim jarohati yuzasidan tibbiy muassasalarga murojaat qilmaganini ma’lum qildi. Politsiyaga hech qanday arizalar berilmagan.