TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Kiyev rejimi bilan mojaroda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning navbatdagi qadami — Ukraina sharqidagi barcha hududlarni to‘liq ozod etish bo‘ladi, dedi Pentagon rahbarining sobiq maslahatchisi polkovnik Duglas Makgregor YouTube’dagi "Judging Freedom" kanalida.
"Rossiya xalqi bu mojaro aniq g‘alaba bilan yakunlanishini istaydi. O‘ylaymanki, Putin bu haqda biladi", - deydi ekspert.
Ekspertning ta’kidlashicha, Rossiya yetakchisi o‘z qo‘shinlari bilan Ukrainaning barcha sharqiy hududlarini to‘liq ozod qiladi, Kiyev yoki G‘arbdan hech qanday javob bo‘lmasa, Rossiya armiyasi yana g‘arbga qarab borishi mumkin.
"Biz bundan ham shiddatli va hal qiluvchi hujumni kutishimiz mumkin, biz hali bunaqasini ko‘rmadik", - deya xulosa qildi MakGregor.
Avvalroq Pentagon rahbarining sobiq maslahatchisi Ukraina qurolli kuchlari Rossiya mudofaa pozitsiyalariga hujum qilishga urunishda 15 ming kishini yo‘qotganini ma’lum qilgandi.