BAAdagi osmono‘par bino yonib ketdi — video

BAA fuqaro mudofaa kuchlarining o‘t o‘chirish bo‘linmalari yirik yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan.
Sputnik
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) shimolidagi Ajman shahar-amirligida osmono‘par bino yonib ketdi. Bu haqda RIA Novosti Ajman News nashriga tayanib xabar berdi.
Aytilishicha, BAA fuqaro mudofaa kuchlarining o‘t o‘chirish bo‘linmalari yirik yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan. Olov deyarli butun binoni qamrab olgan.
Qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.