Yunusoboddagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Sputnik
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Kecha, 25-iyun kuni soat 19:13 da Toshkent shahar Yunusobod tumani, 12-dahasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tom qismi yonayotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar tushgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Yong‘inga soat 19:21 da yetib borilib, soat 19:52 da o‘rab olingan va soat 19:55 da bartaraf etilgan.
Yong‘inni bartaraf etishga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 2 ta avtonarvon jalb etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘p qavatli uyning taxminan 150 kv.m maydonida tom qismi yonib zararlangan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.