TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Bugun, 26-iyun kuni Makka shahridagi o‘zbekistonlik ziyoratchilar Mino vodiysiga yo‘l oldi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
© O‘zbekiston musulmonlari idorasi
© O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Ziyoratchilar guruh rahbarlari boshchiligida avtobuslar bilan Mino maydoniga borib, O‘zbekiston hojilari uchun ajratilgan chodirlarga joylashdi.
© O‘zbekiston musulmonlari idorasi
© O‘zbekiston musulmonlari idorasi
“Bahavo, keng va tekis hududda qad ko‘targan mazkur chodirlarning har biri yumshoq o‘rinlar, sovutkichlar bilan jihozlangan. Ozoda, saranjom-sarishta ushbu maskanda har qadamda salqin ichimliklar bilan to‘ldirilgan maxsus idishlarni ko‘rish mumkin. Chodirlar oldiga qo‘yilgan samovorlarda esa choy qaynab turadi. Mino vodiysida ziyoratchilarimiz faqat duo va ibodat bilan mashg‘ul bo‘ladilar”, - deyiladi xabarda.
© O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Ma’lumot uchun, zylhijja oyining cakkizinchi kyni Minoda hojilar ibodatda bo‘ladilar.