TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 27-iyun kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 18,55 so‘mga ko‘tarilib, 11 488,12 so‘mni tashkil qildi.
Yevro ham so‘mga nisbatan yuqoriladi. Xususan, 1 yevro 61,50 so‘mga qimmatlashib, 12 518,00 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli esa 0,73 so‘mga pasayib, 135,78 so‘mni tashkil etdi.